AsosiyJamiyat

“Uchinchi Renessans to‘lqinini qarshi oling!”

Shu yil iyundan boshlab “O‘zbekiston – iste’dodlar zamini” (Uzbekistan: Land of Talents) yoshlar harakatiga start berilmoqda.

'“Uchinchi Renessans to‘lqinini qarshi oling!”'ning rasmi

Harakatning ilk loyihasi sifatida, 5-10 iyun kunlari, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydonida ommaviy tadbirlar o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Bosh vazir matbuot kotibi.

Tadbirlarning markaziy voqeasi – 5 iyun kuni Abu-Dabida o‘tadigan BAA-O‘zbekiston hamda 10 iyundagi O‘zbekiston-Qatar o‘yinlaridir. O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026 ga chiqishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu o‘yinlar 9 qavatli bino balandligiga teng bo‘lgan katta ekranlarda namoyish qilinadi.

Ommaviy tadbirlar nafaqat futbol tomoshasini, balki ochiq osmon ostidagi konsert dasturi va motivatsion shoularni ham o‘z ichiga olgan. Mazkur loyihada 100 mingdan ortiq yoshlar (16 yoshdan 40 yoshgacha) qatnashishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston – iste’dodlar zamini” yoshlarni umumiy vatanparvarlik g‘oyasi ostida birlashtiradi, ularga yuksak natijalar sari intilishga rag‘bat beradi.

Zero, ertamiz egalarini jahonshumul maqsadlar bilan yashashi, faoliyat olib borishi uchun ilhomlantirish va imkoniyatlar yaratish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatlarining asosiy mezonidir!

    Boshqa yangiliklar