AsosiyJamiyat

Endi nogironlik pensiyalari ham fuqarolar murojaatisiz tayinlanadi

2025 yil 1 iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

'Endi nogironlik pensiyalari ham fuqarolar murojaatisiz tayinlanadi'ning rasmi

Endi O‘zbekistonda nogironlik pensiyalari alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi. Bu 27 may kuni qabul qilingan “Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan. 

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:

  • fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda pensiyalarni alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlash. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi;
  • ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash;
  • nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdorini har 2 yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash.

2025 yil 1 oktyabrdan davlat pensiya ta’minotiga oid hamda AT “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash bilan bog‘liq xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar