Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Samarqand viloyatida 32 118 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan va bu O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich. Bu haqda Milliy satistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo‘yicha 266 ming 478 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Tug‘ilishlarning hududlar kesimi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 11 896 ta;
- Andijon viloyati – 23 513 ta;
- Buxoro viloyati – 12 390 ta;
- Jizzax viloyati – 11 787 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 29 792 ta;
- Navoiy viloyati – 7 367 ta;
- Namangan viloyati – 22 843 ta;
- Samarqand viloyati – 32 118 ta;
- Surxondaryo viloyati – 24 599 ta;
- Sirdaryo viloyati – 6 634 ta;
- Toshkent viloyati – 20 698 ta;
- Farg‘ona viloyati – 30 371 ta;
- Xorazm viloyati – 12 447 ta;
- Toshkent shahri – 20 023 ta.