Xorazmda 10 ming dollar pora olgan mansabdor ushlandi
Viloyat tumanlaridan biridagi O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi rahbari, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan o‘g‘it va biokomplekslarni sotishda yordam evaziga MChJdan 10 ming AQSh dollari pora olgan vaqtida ushlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan ish qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Sirdaryoda gaz xodimlari zarar miqdorini kamaytirib bergan
“Gulistonshahargaz” mutasaddilari fuqaroning noqonuniy gaz foydalanishi yuzasidan aniqlangan 164 mln so‘mlik zararni 14 mln so‘mga tushirib berish evaziga 1000 AQSh dollari talab qilgan.
DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yetakchi muhandis pora olayotganda qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.