AsosiyDunyo

Ukraina Rossiyaning Sibirdagi harbiy aviabazalariga dronlar orqali keng ko‘lamli hujum uyushtirdi

Hujumlar “Olenya” (Murmansk viloyati), “Belaya” (Irkutsk viloyati), “Ivanovo” (Ivanovo viloyati) va “Dyagilevo” (Ryazan viloyati) aviabazalariga uyushtirilgan.

'Ukraina Rossiyaning Sibirdagi harbiy aviabazalariga dronlar orqali keng ko‘lamli hujum uyushtirdi'ning rasmi

Rossiyaning strategik aviatsiyasi joylashgan bir nechta aerodromlarga dronlar orqali yirik hujum amalga oshirildi. Xususan, hujumlar «Olenya» (Murmansk viloyati), «Belaya» (Irkutsk viloyati), «Ivanovo» (Ivanovo viloyati) va «Dyagilevo» (Ryazan viloyati) aviabazalariga uyushtirilgan. BBC News’ning ukrain xizmati manbasining ma’lum qilishicha, bu UXX (Ukraina Xavfsizlik xizmati) tomonidan amalga oshirilgan «O‘rgimchak to‘ri» deb nomlangan maxsus operatsiya bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiyaga taxminan 2 milliard dollar miqdorida zarar yetkazilgan. Strategik raketa tashuvchi bombardimon samolyotlar parkining taxminan 34 foizi yo‘q qilingan.

Yo‘q qilingan Tu-22 va Tu-95 bombardimonchi samolyotlarini tiklab bulmaydi, chunki Rossiya ularni endi ishlab chiqarmaydi. Har bir yo‘q qilingan samolyotning bahosi bir necha million dollarga teng bo‘lgan.

«UXX Rossiya hududining chuqur orqasida dushman aviatsiyasini yo‘q qilish bo‘yicha keng ko‘lamli maxsus operatsiya o‘tkazdi. UXX dronlari har kecha shaharlarimizni bombardimon qilayotgan samolyotlarni nishonga oldi. Hozircha 40 tadan ortiq samolyotga zarba berilgani ma’lum, ular orasida A-50, Tu-95 va Tu-22 M3 turlari ham bor», — deb xabar beradi manba.

Rossiya ommaviy axborot vositalari yozishicha, ukrain dronlari Rossiya aerodromlari yaqinida to‘xtab turgan yuk mashinasi bortidan «gala» holatida uchirilgan.

«Belaya» aviabazasi Sibirda, Ukraina chegarasidan qariyb 4 500 km masofada joylashgan. «Olenya» aerodromi esa Murmansk viloyatida, Ukrainadan taxminan 1 700 km uzoqlikda joylashgan.

«O‘rgimchak turi» operatsiyasi ishtirokchilariga tegishli «ofis» Rossiyaning bir viloyatidagi FSB boshqarmasiga bevosita yaqin joylashgan edi, — dedi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyada 117 ta dron qo‘llanilgan va Rossiya aerodromlarida joylashgan strategik qanotli raketa tashuvchilarining 34 foizi yo‘q qilingan. Zelenskiy, shuningdek, operatsiya ishtirokchilari allaqachon Rossiya hududini tark etgani va hozirda xavfsiz joyda ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumotdarga ko‘ra, UXXning mazkur maxsus operatsiyasi bir yarim yildan ortiq vaqt davomida tayyorlangan.

AQSH Rossiya aerodromlariga qilingan ommaviy dron hujumi haqida oldindan xabardor qilinmagan.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Germaniya Ukrainani NABU bo‘yicha qonunni kechiktirmasdan qabul qilishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:55

    Germaniya Ukrainani NABU bo‘yicha qonunni kechiktirmasdan qabul qilishga chaqirdi

    Berlin rasmiylari korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan xalq va xalqaro hamkorlarning tanqidiga Kiyevdan tezkor javob chiqqanini olqishladi.

    'AQSH 1-avgustdan Hindistonga 25 foizlik bojlar va Rossiya bilan savdo uchun “jarima” joriy qiladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:52

    AQSH 1-avgustdan Hindistonga 25 foizlik bojlar va Rossiya bilan savdo uchun “jarima” joriy qiladi

    Donald Tramp Hindistonni “bojlar bo‘yicha dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega do‘st” deb atadi.

    'Turkiyada o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yilga yetgani aytildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:42

    Turkiyada o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yilga yetgani aytildi

    Mamlakatda ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 5-yilga ko‘proq umr ko‘radi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 30.07.2025 21:12

    ''ning rasmi

    Dunyo 30.07.2025 20:29

    ''ning rasmi

    Dunyo 30.07.2025 18:13