AsosiyJamiyat

Surxondaryoda oshxona 300,5 mln so‘mlik tokni o‘g‘irlandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'Surxondaryoda oshxona 300,5 mln so‘mlik tokni o‘g‘irlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida umumiy ovqatlanish binosida 300,5 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 300,5 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar