AsosiyDunyo

Sun’iy intellekt yordamida falaj bemor muloqot qila oldi

Bu innovatsiyaga Ilon Mask asos solgan.

'Sun’iy intellekt yordamida falaj bemor muloqot qila oldi'ning rasmi

Amiotrofik lateral skleroz (ALS) bilan og‘rigan falaj bemor Bred Smit sun’iy intellekt va miya implanti yordamida yana muloqot qila boshladi. Unga Ilon Mask tomonidan tashkil etilgan Neuralink kompaniyasining innovatsion miya-kompyuter interfeysi o‘rnatildi, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

Avvaliga Smit ko‘z harakati orqali boshqariladigan qurilmadan foydalangan, biroq bu usul yorug‘likda ishlamay qolib, muloqotni sezilarli darajada sekinlashtirgan. Neuralink esa unga istalgan vaqtda o‘z fikrlarini ifoda etish imkonini berdi.

Bosh suyagiga o‘rnatilgan kichik qurilma 1024 ta elektrod yordamida miyadagi neyron signallarni qabul qilib, ularni simsiz tarzda kompyuterga uzatadi. Kompyuter esa ushbu signallarni sun’iy intellekt yordamida analiz qilib, ekranda kursor harakatiga aylantiradi.

Hozirda Smit oilasi bilan tez va qulay muloqot qilmoqda, farzandlari bilan o‘yinlar o‘ynay olmoqda. Bundan tashqari, u Ilon Maskning Grok sun’iy intellekt chatboti orqali yozishmalarni yanada tez va samarali amalga oshirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Islomni "noto‘g‘ri din" deb atagan ruhoniy lavozimidan olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 22:25

    Islomni "noto‘g‘ri din" deb atagan ruhoniy lavozimidan olindi

    Sochidagi Valaam monstiri vakili iste’foga chiqarildi.

    'Donald Tramp Tesla avtomobilidan qutulmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:41

    Donald Tramp Tesla avtomobilidan qutulmoqchi

    Tramp ushbu mashinani mart oyi boshida tanqidlarga uchrayotgan Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgandi.

    'Ilon Mask demokratlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 06.06.2025 10:08

    Ilon Mask demokratlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin

    Ilon Mask va Tramp o‘rtasidagi keskin ochiq mojarodan so‘ng Vashingtonda siyosiy vaziyat keskin tus oldi.

    'Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan hujum uyushtirdi'ning rasmi

    Dunyo 06.06.2025 09:21

    Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan hujum uyushtirdi

    Hujum ortidan 4 kishi halok bo‘lib, 20 kishi yaralangan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 06.06.2025 08:09

    'Germaniya chegarasida rad etilganlar soni oshmoqda'ning rasmi

    Dunyo 06.06.2025 08:07

    Germaniya chegarasida rad etilganlar soni oshmoqda

    Joriy yilning 8 may sanasidan to shu kunga qadar 3 278 nafar migrant Germaniyaga kirish huquqidan mahrum etilgan.