AsosiyJamiyat

O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatga chiqmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi so‘nggi ma’lumotlarni ochiqladi.

'O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatga chiqmoqda?'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-aprel oylarida jami 2 116,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qilgan. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 404,5 ming nafarga yoki 23,6 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida xorijiy davlatlarga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Qirg‘iz Resp. – 899 ming nafar;

Tojikiston – 388,4 ming nafar;

Qozog‘iston – 354,9 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 133,6 ming nafar;

Rossiya – 93,9 ming nafar;

Turkiya – 64,2 ming nafar;

BAA – 58,8 ming nafar;

Misr – 22,4 ming nafar;

Tailand – 15,4 ming nafar;

Vetnam – 11,4 ming nafar;

Boshqa davlatlar – 74,6 ming nafar.

    Boshqa yangiliklar