AsosiyJamiyat

Prezident amerikalik tadbirkorlar bilan uchrashdi

AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari davlat rahbariga aniq taklif va rejalarini bayon qildi.

'Prezident amerikalik tadbirkorlar bilan uchrashdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni, Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda AQSH Davlat kotibi yordamchisi Erik Meyer, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Brez Betani, shuningdek, "Boeing", "FLS", "Visa", "NASDAQ", "Air Products", "Franklin Templeton", "Morgan Stanley", "Coca-Cola" va boshqa ko‘plab korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuv Amerika biznesida O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirishga qiziqish ortib borayotganidan dalolat ekanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Investitsion va innovatsion hamkorlik istiqbollariga, strategik ahamiyatga ega materiallarni o‘zlashtirish va qayta ishlash, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlari investorlarning samarali faoliyatiga yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, o‘zlarining aniq taklif va rejalarini bayon qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Afg‘onistondagi Salang dovoni yopildi'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 21:39

    Afg‘onistondagi Salang dovoni yopildi

    Transport vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi.

    'Rossiyada migrantlar "OMON" tomonidan tahqirlanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 19:53

    Rossiyada migrantlar "OMON" tomonidan tahqirlanmoqda

    O‘zbekistonning Moskvadagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ushbu masalani nazoratga olganligini aytmoqda.

    'Yozda salomatlikni asrovchi 7 ta muhim tavsiya'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 17:54

    Yozda salomatlikni asrovchi 7 ta muhim tavsiya

    Yoz faslida kuzatiladigan issiq harorat inson tanasida ba’zi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois har bir odam shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi zarur.

    'O‘zbekistonda aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga qancha kishini tashkil etmoqda?'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 17:51

    'O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 17:27

    O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

    Tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga keladigan kunlar ma’lum qilindi.

    'Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi'ning rasmi

    Jamiyat 09.06.2025 16:28

    Dollarning rasmiy kursi biroz pasaydi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.