AsosiyDunyo

Isroil Eron hududiga zarba berdi

Ushbu harakat ortidan Isroilda favqulodda holat joriy etildi.

'Isroil Eron hududiga zarba berdi'ning rasmi

2025 yil 13 iyun tongida Isroil Mudofaa vaziri Isroel Kats bergan bayonotga ko‘ra, Isroil havo kuchlari Eron hududiga nisbatan “oldini olish maqsadidagi” zarba bergani ma’lum qilindi.

Ushbu harakat ortidan Isroilda favqulodda holat joriy etildi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.

Isroel Katsning aytishicha, Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbadan so‘ng mamlakat hududiga qarshi Eron tomonidan raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari orqali hujumlar amalga oshirilishi mumkin. Uning bayonoti “The Times of Israel” nashri tomonidan keltirilgan.

Shu bilan birga, Erondagi “Nour News“ axborot manbasi Tehron shahrining shimoli-sharqiy hududlarida portlashlar kuzatilgani haqida xabar bergan.

Vaziyat yuzasidan diplomatik kuzatuvlar davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:13

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:00

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:56

    'AQSH Isroilni himoya qilishga tayyorligini bildirdi'ning rasmi

    Dunyo 13.06.2025 22:03

    AQSH Isroilni himoya qilishga tayyorligini bildirdi

    Tramp Eron bilan muzokaralarga ham tayyorligini ma’lum qildi.

    'Tramp 4 davlat muhojirlari AQSHni tark etishi kerakligini ma’lum qildi'ning rasmi

    Dunyo 13.06.2025 15:08

    Tramp 4 davlat muhojirlari AQSHni tark etishi kerakligini ma’lum qildi

    Muhojirlar Bayden ma’muriyati davrida kelgan bo‘lgan.

    'Oyatulloh Xominaiy Isroilga "qattiq jazo" bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo 13.06.2025 14:04

    Oyatulloh Xominaiy Isroilga "qattiq jazo" bilan tahdid qildi

    Islom Respublikasi oliy rahbari Isroil "o‘zining jirkanch xarakterini ko‘rsatib, Eronga qarshi jinoyat sodir etgani"ni, endi Isroilni "achchiq qismat" kutayotganini ta’kidladi.