O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroil hududida yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan mamlakat fuqarolariga shoshilinch murojaat yo‘lladi. Bunga raketa hujumlari xavfi sabab bo‘ldi.
Eron va Isroil o‘rtasidagi raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi fuqarolardan tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qildi.
Unga ko‘ra:
- Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring.
- Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.
- Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring.