AsosiyDunyo

Tramp Isroil rejasiga veto qo‘ydi

Buning ortidan Eron rahbariyati Isroilning hujumidan saqlanib qoldi.

'Tramp Isroil rejasiga veto qo‘ydi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyga qarshi mo‘ljallangan Isroil rejasiga rad javobini bergani haqida kecha, 15 iyun kuni “Reuters” ikki yuqori martabali AQSH rasmiysiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati: “Eron hozircha biror amerikalikni o‘ldirmagan ekan, biz siyosiy rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmaymiz”, degan pozitsiyada qolgan.

Mazkur xabar fonida Isroil Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Tzaxi Xanegbi “Reuters”ning ushbu e’lonini “soxta yangilik” deb atadi.

Shuningdek, “The Wall Street Journal”manbasiga ko‘ra, Isroil rasmiylaridan biri “Ali Xomanaiy hujumdan sug‘urtalanmagan”, deb bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda Tehron va Tel-Aviv o‘rtasidagi keskinlik yadro obyektlari va dron hujumlari sababli yuksalgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron hujumi ortidan Isroilda qancha odam halok bo‘lagan ochiqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:53

    Eron hujumi ortidan Isroilda qancha odam halok bo‘lagan ochiqlandi

    Bildirilishicha, Eron hududidan Isroil tomon uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgan.

    'AQSH 36 davlat fuqarolariga kirish bo‘yicha yangi cheklovlarni muhokama qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:16

    'Isroil–Eron keskinligi: Tel-Aviv Tehronni ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:14

    'Hindistonda vertolyot halokatga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 15.06.2025 22:49

    Hindistonda vertolyot halokatga uchradi

    Oqibatda 7 kishi halok bo‘lgan.

    'Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 15.06.2025 20:29

    'Tel-Aviv yaqinida turar-joy binosi vayron bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 15.06.2025 17:00

    Tel-Aviv yaqinida turar-joy binosi vayron bo‘ldi

    Oqibatda voqea joyidan 6 kishining, jumladan, 8 yoshli qizchaning jasadi topilgan.