Kecha, 15 iyun kuni Eron hududidan Isroil tomon uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 67 nafari jarohatlandi. Bu haqda Isroilning milliy tibbiy xizmati – Magen David Adom (MDA) yozmoqda.
Qayd etilishicha, yaradorlardan biri – 30 yoshli ayol – og‘ir ahvolda, 6 nafar fuqaro o‘rtacha darajadagi, 60 nafari esa yengil jarohat yoki ruhiy zarba olgan.
Shu bilan birga, Eron sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Isroil tomonidan boshlangan "Xalq sher” kabi harbiy amaliyoti davomida Eronda 224 kishi halok bo‘lgan, 1277 nafar fuqaro esa turli darajada tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.
Rasman e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlarning 90 foizini tinch aholi tashkil etmoqda.