AsosiyDunyo

AQSH harbiy kemalari Bahrayndagi bazani tark etdi

AQSH dengiz kuchlari Fors ko‘rfazidan chiqib ketdi.

'AQSH harbiy kemalari Bahrayndagi bazani tark etdi'ning rasmi

Xabarlarga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Bahrayndagi AQSH harbiy-dengiz kuchlari 5-operatsion floti joylashgan bazada AQSH harbiy kemalarining to‘liq yo‘qligini qayd etdi. Bu haqda zamon uz xabar berdi.

Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, ilgari baza akvatoriyasida langarda turgan bir nechta jangovar kema, to‘rtta mina trali va maxsus operatsiyalar kemasi hozirda mavjud emas. Ularning aniq qaerga yo‘l olgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Mutaxassislar bu harakatni keskinlik davrida qo‘llaniladigan xavfsizlik strategiyasining bir qismi sifatida izohlamoqda. Harbiy kemalarni tarqatish — ularni mojaroga yaqin hududlardan vaqtincha chekinishi — har xil flotlar tomonidan mojarolarga tayyorgarlik va ehtiyot chorasi sifatida qo‘llaniladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Bahrayndagi dengiz bazasi Fors ko‘rfazi hududida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u Eronning janubiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan. Mazkur baza nafaqat AQSH, balki Buyuk Britaniya dengiz kuchlari uchun ham muhim operatsion markaz hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:33

    'Tramp Putinning taklifini rad etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:32

    Tramp Putinning taklifini rad etdi

    AQSH yetakchisi Rossiya prezidentidan urushni tugatishni so‘radi.

    'Rim papasi Madonna va Anjelina Joli bilan qarindosh bo‘lib chiqdi'ning rasmi

    Dunyo 18.06.2025 14:40

    Rim papasi Madonna va Anjelina Joli bilan qarindosh bo‘lib chiqdi

    Genealoglar Robert Prevost (Lev XIV)ning XVI asr boshida tug‘ilgan 12-bobokalonigacha bo‘lgan ajdodlarini o‘rganishdi.

    'Rossiya Ukrainaga uyushtirgan hajmi ortidan 22 kishi kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 18.06.2025 12:31

    Rossiya Ukrainaga uyushtirgan hajmi ortidan 22 kishi kishi halok bo‘ldi

    6 nafar ukrainalikning jasadi poyezd vayronalari ostidan olib chiqilgan.

    'Tolibon Xitoy bilan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi'ning rasmi

    Dunyo 18.06.2025 11:11

    Tolibon Xitoy bilan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi

    Bunga kompaniyaning shartnoma shartlarini buzgani sabab bo‘lgan.

    'Kanada Ukrainaga 1,5 mlrd dollarlik harbiy yordam paketini ajratadigan bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 18.06.2025 09:53

    Kanada Ukrainaga 1,5 mlrd dollarlik harbiy yordam paketini ajratadigan bo‘ldi

    Bundan tashqari, Mark Karni Kiyevga infratuzilmalarini tiklash uchun 2,3 milliard dollarlik yangi kredit ajratishni va’da qilgan.