AsosiyDunyo

Eron AQSHga ogohlantirish berdi

Xomanaiy Trampning bayonotlariga javob qaytardi.

'Eron AQSHga ogohlantirish berdi'ning rasmi

Eron Oliy rahnamosi Ali Xomanaiy AQSHni Isroilning Eronga qarshi agressiyasiga qo‘shilmaslik haqida ogohlantirdi. Uning fikricha, bunday harakat Vashington uchun og‘ir oqibatlarga olib keladi. Bu haqda “Zamon.uz” ma’lum qildi.

“Eronni, uning xalqini va tarixini biladigan aqlli insonlar hech qachon bu mamlakat bilan tahdid tili orqali gapirmaydi. Eron xalqi hech qachon taslim bo‘lmaydi. Amerikaliklar bilishi kerak: AQSH har qanday harbiy aralashuv evaziga, shubhasiz, tuzatib bo‘lmas zarar ko‘radi”, — dedi Xomanaiy xalqqa qilgan murojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Trampning bayonotlari, jumladan Tehronning zudlik bilan taslim bo‘lishi kerakligi haqidagi chaqiriqlari, Eronning siyosiy irodasini susaytira olmaydi.

Eron Oliy rahnamosi shuningdek, Tehronga qilingan har qanday zarba javobsiz qolmasligini ta’kidladi.

“Agar bizning hududimiz hujumga uchrasa, bu javobsiz qolmaydi”, — dedi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumlarda raketa omborlari va qurolli infratuzilma obyektlari nishonga olingan. Eron qurolli kuchlari hozirda to‘liq shay holatga keltirilgan.

    Boshqa yangiliklar