AsosiyDunyo

AQSHning “Qiyomat kuni” samolyoti nega havoga ko‘tarildi?

Mazkur samolyot eng yuqori lavozimdagi amaldorlar uchun zaxira boshqaruv punkti sifatida mo‘ljallangan.

'AQSHning “Qiyomat kuni” samolyoti nega havoga ko‘tarildi?'ning rasmi

Amerikaning “Qiyomat kuni” deb nom olgan “Boeing E-4 Nightwatch” samolyoti Luiziana shtatidagi harbiy bazadan havoga ko‘tarilib, Vashington yaqinidagi aviabazaga qo‘ndi. Bu haqda “New York Post” nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu maxsus bort AQSH rahbariyati uchun favqulodda vaziyatlarda mamlakatni boshqarish imkonini beruvchi havo qo‘mondonlik markazi vazifasini bajaradi.

Samolyot yadroviy zarbaga bardosh bera oladi va eng yuqori lavozimdagi amaldorlar uchun zaxira boshqaruv punkti sifatida mo‘ljallangan.

“Samolyot Sharqiy vaqt bo‘yicha soat 17:56 da Bojer-Sitidan havoga ko‘tarildi, qirg‘oq bo‘ylab parvoz qilib, Virdjniya va Shimoliy Karolina chegarasi atrofida aylana chizdi va soat 22:01 da Endryus aviabazasiga qo‘ndi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchgun, xuddi shunday samolyot AQSHning 43-prezidenti Jorj Bush tomonidan 2001 yil 11 sentyabrdagi terror hujumlari vaqtida ishlatilgan.

Ushbu havo kemasi yadro urushi boshlanishi ehtimoliga qarshi maxsus ishlab chiqilgan.

    Boshqa yangiliklar