AsosiyDunyo

Putin tadbirkorlarni ishontira olmadi

Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida G‘arb sarmoyadorlari ishtirok etmadi.

'Putin tadbirkorlarni ishontira olmadi'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin jahon sarmoyadorlarini Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) ishontira olmadi. G‘arb kompaniyalari Rossiya bilan ishlash xavfini hisobga olib, bu yilgi forumda deyarli ishtirok etmadi. Bu haqda “The Financial Times” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiyaning eng yaqin ittifoqchilari ham bu yil Sankt-Peterburgga odatdagidan pastroq darajadagi delegatsiyalarni yuborgan. Yagona istisno — Indoneziya. Bu mamlakat forumga prezident darajasida — Prabovo Subianto boshchiligida tashrif buyurgan.

“Carnegie fondining” Berlindagi Rossiya va Yevrosiyo bo‘yicha markazi ilmiy xodimi Aleksandra Prokopenkoga ko‘ra, Rossiyaga bugungi sharoitda sarmoya kiritish haqida umuman gap bo‘lishi mumkin emas.

“Urush, sanksiyalar, iqtisodiy o‘sishning sustlashuvi va doimiy inflyatsiya sharoitida kim Rossiyaga sarmoya kiritadi?” — degan Prokopenko.

Rossiya Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, har oy o‘nlab xorijiy kompaniyalar Rossiya bozorini tark etish uchun ariza bermoqda. Bunday holat, RBK agentligiga bergan intervyusida moliya vaziri o‘rinbosari Ivan Chebeskov aytishicha, G‘arb sanksiyalarining davom etayotgani va Ukraina frontidagi holat Putinning tinchlikka tayyor emasligini ko‘rsatmoqda.

“The Financial Times” bu fonni hisobga olgan holda, Rossiyaga nisbatan sanksiyalar yaqin orada olib tashlanmasligini ham ta’kidlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.