AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida relslar olib tashlandi

Toshkent yerusti metrosida boshlangan profilaktika ishlari doirasida relslar olib tashlandi, bekatlar yopildi.

'Toshkent metrosida relslar olib tashlandi'ning rasmi

Toshkent yerusti metrosida boshlangan navbatdagi “profilaktika ishlari” qator muammolarni ochib tashladi. Bosh prokuratura qoshidagi Transport prokuraturasi olib borgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, ishlar nafaqat jadvaldan orqada, balki loyiha talablariga to‘liq javob bermaydi. Eng achinarlisi — relslar allaqachon demontaj qilingan, lekin nima evaziga?

Joriy yilning 8 iyundan boshlab “Qipchoq” va “Turon” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati to‘xtatildi. Oradan ikki hafta o‘tar-o‘tmas, “Quruvchilar”dan “Yangiobod”gacha bo‘lgan yo‘l ham yopilmoqda. Natijada, 14 ta bekatdan 9 tasi vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatmoqda. Bu — Toshkentda jamoat transportiga tayanib kun kechirayotgan minglab yo‘lovchilar uchun yana bir sinov.

Rasman aytilishicha, profilaktika ishlari reja asosida va 3 oy davom etadi. Ammo Bosh prokuratura matbuot xizmatining 24 iyun kuni tarqatgan xabari bu bayonotga savollar tug‘diradi. Xabarda ta’kidlanishicha, Transport prokurori Ikrom Narimov boshchiligidagi ishchi guruh o‘rganish o‘tkazgan va “qator kamchiliklar”ni aniqlagan. Nima uchun bu kamchiliklar ishlar boshlanganidan keyingina aniqlanyapti?

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ buyurtmachi, “Ko‘prikqurilish” esa pudratchi sifatida ko‘rsatilgan. Ammo jarayondagi xatoliklar uchun kim javob beradi? Relssiz qolgan shaharning, vaqtini avtobuslarda sarflayotgan oddiy yo‘lovchining haqqi qayerda?

Prokuratura bergan topshiriqlarga ko‘ra, mavjud xatolar zudlik bilan bartaraf etilishi va ishlar loyiha talablariga “to‘liq muvofiq” ravishda qayta ko‘rib chiqilishi shart. Biroq, bu va’dalar oddiy fuqaroga necha kundan keyin yengillik olib keladi – noma’lum.

Profilaktika bahonasida relslar olib tashlangan, bekatlar yopilgan, ammo aniqlanayotgan “kamchiliklar” va ishlar sifati — bular metro tizimidagi yondashuvda tizimli muammo borligidan darak emasmi?

Shahar transportidagi ishonchli alternativ — yerusti metroda ishonchning o‘rnini savollar egalladi. “Shaffoflik”, “xavfsizlik” va “sifat” degan so‘zlar esa hozircha matbuot bayonotlarida qolmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qashqadaryoda “Tok” o‘g‘irligi ortidan davlatga 558 million so‘mlik zarar yetkazildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:19

    Qashqadaryoda “Tok” o‘g‘irligi ortidan davlatga 558 million so‘mlik zarar yetkazildi

    Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Toshkentda timsoh uyda saqlanayotgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:21

    Toshkentda timsoh uyda saqlanayotgani aniqlandi

    Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    'Nodavlat OTMlarda qabul yilda ikki marta o‘tkazilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 24.06.2025 17:41

    Nodavlat OTMlarda qabul yilda ikki marta o‘tkazilishi mumkin

    Muhokamalar portaliga Hukumatning “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

    'Isroil va Eron otashkesim shartlarini buzdi – Tramp'ning rasmi

    Jamiyat 24.06.2025 17:07

    Isroil va Eron otashkesim shartlarini buzdi – Tramp

    AQSH rahbari, Eronning yadroviy salohiyati yo‘q qilinganini qo‘shimcha qilgan.

    'Fransiyada "shprits"li hujumlar sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 24.06.2025 16:49

    Fransiyada "shprits"li hujumlar sodir bo‘ldi

    Voqea millionlab odamlarni jalb qilgan festival vaqtida sodir bo‘lgan.

    'Qashqadaryoda xizmat vazifasini bajarmagani uchun pora olgan IIB xodimlari sudlandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.06.2025 16:20

    Qashqadaryoda xizmat vazifasini bajarmagani uchun pora olgan IIB xodimlari sudlandi

    Ularning uch nafariga 5 yil, to‘rt nafariga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.