AQSH prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni AQSHning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbalari "butunlay yo‘q bo‘lib ketgan" degan da’vosini takrorladi.
CNN e’lon qilingan dastlabki maxfiy hisobotga ko‘ra, hujum Tehronning yadroviy dasturini bir necha oygagina orqaga surgan.
Tramp ayni damda Niderlandiyada NATO sammitida bo‘lib, u yerda bir necha soatdan keyin matbuot anjumani o‘tkazishi kutilmoqda.
Tehron esa Isroil va AQSHning yadroviy inshootlarini nishonga olishi ortidan yadroviy qurollarni tarqatmaslik haqidagi asosiy shartnomadan chiqish bilan tahdid qilmoqda.