AsosiyDunyo

Tramp Rossiya va Ukraina urushi haqida gapirdi

Qo‘shma shtatlar yetakchisi ikki mamlakat o‘rtasidagi mojaro to‘xtamasligi mumkinlikdan xavotirda.

'Tramp Rossiya va Ukraina urushi haqida gapirdi'ning rasmi


Tramp Ukraina urushini to‘xtata olishiga ishonchi komil emasligini aytdi, biroq bu uning ustuvor vazifasi ekanini ta’kidladi. Bu haqda “Politico” yozmoqda.

"Men bilmayman. Bu sodir bo‘ladimi yoki yo‘qmi, aniq ayta olmayman", — deya javob berdi AQSH prezidenti Ukrainadagi urushni to‘xtatish imkoniyati haqidagi savolga. 

Shu bilan birga, Tramp Rossiya-Ukraina mojarosini to‘xtatish uning ustuvor maqsadi ekanini aytdi. 

"Bu bayonot Trampning yaqinda Putin va Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlaridan so‘ng yangradi va vaziyat murakkabligi hamda mojaroni hal qilish borasidagi noaniqlikni ko‘rsatib bermoqda", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar