AsosiyDunyo

Xitoy Eronning havo mudofaa tizimini qayta qurmoqda

Eron yetkazib beriladigan texnologiyalar uchun neft bilan hisob-kitob qiladi.

'Xitoy Eronning havo mudofaa tizimini qayta qurmoqda'ning rasmi

Xitoy Eronda yaqinda vayron qilingan havo mudofaa tizimlari o‘rnini to‘ldirish maqsadida HQ-9B rusumli yer-havo raketa tizimlarini yetkazib bermoqda. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron Xitoyga ushbu zamonaviy tizimlar uchun murojaat qilgan. Tizimlar yetkazilishi harbiy to‘qnashuvlar yakunlanganidan so‘ng tezlik bilan boshlangan. Yetkazilgan qurilmalar soni oshkor qilinmagan, ammo ayrim arab manbalariga ko‘ra, Eron bu texnologiyalar uchun neft bilan hisob-kitob qilmoqda.

Xitoyning HQ-9B tizimi Rossiyaning mashhur S-300 tizimiga asoslangan bo‘lib, u samolyotlar va ballistik raketalarga qarshi samarali kurasha oladi. Bu tizimlarning Eron havo mudofaasini kuchaytirishi kutilmoqda.

So‘nggi haftalarda Misr ham xuddi shu HQ-9B tizimlarini xarid qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu esa Xitoy harbiy texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish mintaqada ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya Ukrainaga yana hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:28

    Rossiya Ukrainaga yana hujum qildi

    Hujum ortidan 9 kishi jarohat olgan.

    'Armaniston parlamenti yana keskinlik markazida'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:56

    Armaniston parlamenti yana keskinlik markazida

    Deputatlar o‘rtasida navbatdagi janjal mushtlashuv bilan yakunlandi

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:57

    'Chet eldan qaytgan fuqarolarni OIVga majburiy tekshirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:38

    Chet eldan qaytgan fuqarolarni OIVga majburiy tekshirish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi

    U Senatda ma’qullanib, prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:47

    'Isroil Suriya hamda Saudiya Arabiston bilan yaxshi aloqa o‘rnatmoqchimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:27

    Isroil Suriya hamda Saudiya Arabiston bilan yaxshi aloqa o‘rnatmoqchimi?

    Qo‘shma Shtatlar rahbari va Isroil bosh vaziri G‘azo sektorida ikki oylik o‘t ochishni to‘xtatish qarorini qo‘llab-quvvatladi, bu esa tinchlikka yo‘l ochishi mumkin.