AsosiyDunyo

Tramp NASA rahbarligiga Transport vazirini vaqtincha tayinladi

Bu tanlov ortidan Qo‘shma Shtatlar yetakchisi milliarder Ilon Mask bilan kelishmovchilik yuzaga kelgani aytilmoqda.

'Tramp NASA rahbarligiga Transport vazirini vaqtincha tayinladi'ning rasmi

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Transport vaziri Shon Daffini NASA rahbari etib tayinladi.

Donald Trampga ko‘ra, Shon Daffi mamlakat infratuzilmasini tiklash borasida muhim loyihalarga bosh-qosh bo‘lgan mutaxassis sifatida endilikda AQSH Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasiga (NASA) ham vaqtincha rahbarlik qiladi.

“Shon nafaqat transport masalalarida, balki zamonaviy havo harakatini boshqarish, yo‘l va ko‘priklarni zamonaviylashtirishda ham o‘zini ko‘rsatdi. U NASA kabi tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan tashkilotga, hatto qisqa muddatga bo‘lsa ham, ajoyib rahbar bo‘ladi”, — deya yozdi Tramp.

Avvalroq Tramp milliarderni tayinlagan edi

2024 yil dekabr oyida Tramp NASA rahbari lavozimiga SpaceX bilan hamkorlik qiluvchi milliarder-astronavt Jared Ayzekmanni ko‘rsatgan edi. U Ayzekmanning koinotga bo‘lgan ishtiyoqi va astronavtlik tajribasini yuqori baholagan. Biroq aprel oyida tasdiqlangan nomzod iyun oyida Tramp tomonidan bekor qilindi.

Mask – Tramp mojarosi orqasida turgan sababmi?

“Reatures” manbalariga ko‘ra, Ayzekman nomzodi Ilon Mask ta’sirida ilgari surilgan. Biroq Tramp va Mask o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashganidan so‘ng, Tramp maslahatchilar bosimi ostida bu qarorini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Mask yaqinda “Amerika” partiyasini tashkil etib, Kongressga kirib borishni maqsad qilgan. Bu esa Trampning siyosiy maydonida raqobatchi yuzaga kelganini anglatishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.