AsosiyDunyo

Ukrainani urushdan keyin tiklash uchun 10 milliard yevro ajratiladi

Jorja Meloni, shuningdek, rossiyalik harbiylar tomonidan Ukraina cherkovlari va muzeylari vayron qilinganini keskin tanqid qildi.

'Ukrainani urushdan keyin tiklash uchun 10 milliard yevro ajratiladi'ning rasmi

Ukrainani urushdan keyin tiklash uchun 10 milliard yevro ajratiladi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi. 

Rimda bo‘lib o‘tayotgan Ukrainani urushdan keyingi qayta tiklash bo‘yicha 4-xalqaro konferensiya ishtirokchilari Kiyevga yordam berish uchun 10 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratishga va’da berdi.

"Bugungi konferensiyada biz Kiyevga birgalikda 10 milliard yevrodan ortiq yordam ajratish bo‘yicha majburiyatlarni oldik", — dedi Italiya bosh vaziri.

Jorja Meloni, shuningdek, rossiyalik harbiylar tomonidan Ukraina cherkovlari va muzeylari vayron qilinganini keskin tanqid qildi.

"Ushbu madaniy qadriyatlar umumiy Yevropa merosining bir qismi bo‘lib, ular qayta tiklanadi", — deya Melonining so‘zlarini keltiradi KNA agentligi.

O‘z navbatida, Germaniya kansleri Fridrix Mers mazkur konferensiyada nutq so‘zlab, Ukrainani tiklash bo‘yicha Yevropa flagman jamg‘armasi ishga tushirilishini e’lon qildi.

Mersning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevni xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlash, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga intilishi va uni tiklashda xususiy kapitalning ishtiroki urushdan keyin mamlakatda “iqtisodiy mo‘jiza”ga erishishning asosiy uchta sharti hisoblanadi. 

    Boshqa yangiliklar