AsosiyDunyo

Tramp Ukrainaga milliardlab yordam puli ajratishi mumkin

Bu yordam orqali Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Kremlni ogohlantirishni maqsad qilgan.

'Tramp Ukrainaga milliardlab yordam puli ajratishi mumkin'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainaga bir necha milliard dollarlik yangi moliyaviy yordam ajratishi mumkin. Bu haqda CBS News diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, bu yordam “so‘nggi kunlarda Ukrainaga qarshi dronlar va raketalar bilan zarba bergan Rossiyaga aniq signal bo‘lishi mumkin”.

Yordam miqdori aniqlashtirilmagan bo‘lsa-da, Tramp ixtiyorida hali ham Bayden prezidentligi davridan qolgan 3,85 milliard dollar mavjud bo‘lib, bu mablag‘ Ukraina tomoniga AQSH harbiy texnikasini yetkazib berish uchun sarflanishi mumkin.

Bundan tashqari, AQSH hukumati Rossiyaning xorijda muzlatib qo‘yilgan qariyb 5 milliard dollarlik aktivlarini musodara qilib, Ukrainaga yo‘naltirishi ham mumkin. Ammo hozirga qadar na Bayden, na Tramp bu vakolatdan foydalangan.

Bu kabi ehtimoliy moliyaviy choralar Rossiyaga bosimni kuchaytirish va Ukrainani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash strategiyasining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'BMTda Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:53

    BMTda Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

    Fransiya va Saudiya Arabistoni hamraisligidagi konferensiyada ikki davlat yechimi masalasi muhokama qilinadi.

    'Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da ayblamoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:00

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da ayblamoqda

    Isroil tomonidan neft omborlari, neftni qayta ishlash zavodlari va qo‘riqlanadigan hududlarga qilingan hujumlar inson salomatligi, bioxilma-xillik hamda mintaqaning ekologik muvozanatiga jiddiy zarar yetkazgan.

    'Dunyoning eng ko‘p sayyoh boradigan 10 davlati e’lon qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:25

    Dunyoning eng ko‘p sayyoh boradigan 10 davlati e’lon qilindi

    Eng ko‘p tashrif buyurilgan shaharlar sifatida Parij va Lazurniy sohil shaharlari tilga olinmoqda.

    '12 million snaryad, 30 ming askar: KXDR Rossiyaning yangi urush ittifoqchisiga aylandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:21

    12 million snaryad, 30 ming askar: KXDR Rossiyaning yangi urush ittifoqchisiga aylandi

    KXDR tomonidan Rossiyaga yuborilgan harbiy yuk konteynerlari soni 28 mingdan oshgan.

    '“Erkatoy shoh” orzusi endi YUNЕSKO merosiga kirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:16

    “Erkatoy shoh” orzusi endi YUNЕSKO merosiga kirdi

    Bavariyaning 4 qarorgohi dunyoning tarixiy adibdalar ro‘yxatiga qo‘shildi.

    'Hindistonda Boeing samolyotining qulashi yuzasidan dastlabki ma’lumotlar ochiqlandi'ning rasmi

    Dunyo 13.07.2025 21:19

    Hindistonda Boeing samolyotining qulashi yuzasidan dastlabki ma’lumotlar ochiqlandi

    Avvalroq, joriy yilning 12 iyun kuni Hindistonning Ahmadobod shahridan Londonga uchgan samolyot parvozdan taxminan 30 soniya o‘tib qulab tushgan edi.