AsosiyDunyo

AQSHda qizamiqqa chalinganlar soni rekord darajaga yetdi

2025 yil iyul oyida AQSHda 1300 ga yaqin odam qizamiqqa chalingan.

'AQSHda qizamiqqa chalinganlar soni rekord darajaga yetdi'ning rasmi

2025 yil iyul oyida AQSHda 1300 ga yaqin odam qizamiqqa chalindi. Eng ko‘p holatlar — 750 dan ortig‘i — Texasda qayd etilgan. Bu 1992 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich.

Shuningdek, so‘nggi 10 yilda ilk bor ushbu kasallikdan 3 kishi vafot etdi — 2 nafar bola Texasda, 1 katta yoshli odam Nyu-Meksikoda. Ularning barchasi emlanmagan bo‘lgan.

Bolalar o‘rtasida emlash darajasi so‘nggi 3 yilda 95% dan 92,7% gacha tushib ketgan. Mutaxassislar bunga ayrim siyosatchilar va “antivaks” harakati sabab bo‘lganini aytishmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri Robert Kennedi Jr. ilgari vaksinalar xavfli deb aytgan edi. Ammo kasallik avj olgach, u fikrini o‘zgartirib, emlashni eng samarali choradir, deb tan oldi.

    Boshqa yangiliklar