AsosiyJinoyat

Toshkentda IIO podpolkovnigi pora olayotganda ushlandi

Hozirda mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atilgan.

'Toshkentda IIO podpolkovnigi pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida ichki ishlar tizimi mansabdori firibgarlik va pora olishda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Darakchi.uz'ga ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i, podpolkovnik unvonidagi U.S. Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan ayblanayotgan shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi o‘rniga garov qo‘llanilishini va’da qilgan. Buning evaziga ayblanuvchining qarindoshidan 18 000 AQSH dollari olgan.

Ammo va’dasini bajara olmagan mansabdor, pulning bir qismini qaytarmoqchi bo‘lgan paytda ashyo dalillari bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bilan ish qo‘zg‘atilgan. Qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida to‘ydan uch kun o‘tib kelinning jasadi topildi'ning rasmi

    Jinoyat 21.08.2025 10:08

    Toshkent viloyatida to‘ydan uch kun o‘tib kelinning jasadi topildi

    Prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi, marhumaning onasi adolat talab qilmoqda.

    'Surxondaryo va Farg‘onada mansabdorlar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 21.08.2025 09:29

    Surxondaryo va Farg‘onada mansabdorlar qo‘lga olindi

    Suv va elektr tizimida pora evaziga noqonuniy xizmat ko‘rsatganlar fosh etildi.

    'Latviyaga ishga joʻnatish bahonasida fuqarolar aldan'ning rasmi

    Jinoyat 20.08.2025 12:44

    Latviyaga ishga joʻnatish bahonasida fuqarolar aldan

    Andijon va Toshkent viloyatida ikki nafar shaxs xorijda ish uyushtirishga va'da berib, fuqarolardan yirik miqdorda pul olmoqchi bo'lganida qo'lga tushdi.

    'Surxondaryo va Fargʻonada qariyb 80 kg giyohvandlik vositalari toʻxtatib qolindi'ning rasmi

    Jinoyat 20.08.2025 08:36

    Surxondaryo va Fargʻonada qariyb 80 kg giyohvandlik vositalari toʻxtatib qolindi

    Ўзбекистонга Россия, Тожикистон ва Афғонистондан ноқонуний йўл билан киритилган қарийб 80 кг гиёҳвандлик воситалари аниқланди.

    'Namanganda soxta "dindorlar" ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 18.08.2025 15:46

    Namanganda soxta "dindorlar" ushlandi

    Bir guruh “uddaburonlar” voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib daromad qilib kelgan.

    'Yana bir mansabdor pora bilan qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 15.08.2025 20:00

    Yana bir mansabdor pora bilan qoʻlga olindi

    U 5000 AQSH dollari hamda “Iphone-16 Pro” telefon apparati talab qilayotgan paytida ushlangan.