AsosiySport

O‘zbekistonlik sportchi BRICS xalqaro sport markazida vitse-prezident bo‘ldi

Ilk bor mazkur sport turi BRICS kabi yirik xalqaro maydonda ishtirok etishi kutilmoqda.

'O‘zbekistonlik sportchi BRICS xalqaro sport markazida vitse-prezident bo‘ldi'ning rasmi

28 iyun kuni Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilgan xalqaro muzokaralar chog‘ida o‘zbekistonlik sport faoli Laziz Hasanov BRICSning Strategik loyihalar xalqaro alyansi sport markazi vitse-prezidenti etib tayinlandi.

Bu tayinlov orqali Hasanov O‘zbekistonda ushbu markazning rasmiy vakili ham bo‘ldi. Xalqaro sport hamjamiyati mazkur qarorni uning milliy sportni rivojlantirish yo‘lidagi ko‘p yillik mehnati va fidoyiligiga berilgan yuksak baho sifatida baholadi.

Ma’lumot uchun, Taekvon-Do ITF 2025 yildan boshlab BRICS o‘yinlari rasmiy dasturiga kiritilgan. Ilk bor mazkur sport turi BRICS kabi yirik xalqaro maydonda ishtirok etishi kutilmoqda.

2026 yilda Sochida o‘tadigan navbatdagi BRICS o‘yinlarida o‘zbekistonlik Taekvon-Do ITF sportchilari ilk bor qatnashadi. Bu nafaqat sportchilar uchun, balki mamlakat sport sohasi uchun muhim qadam sifatida qayd etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar