AsosiyJinoyat

Toshkentda avtomashinada yirik yong‘in yuz berdi

Hodisa ortidan 4 nafar kishi kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

'Toshkentda avtomashinada yirik yong‘in yuz berdi'ning rasmi

Kecha, 20 iyul kuni poytaxt Toshkentning Chilonzor tumanida avtomobil yonib ketdi. Bu haqda FVB ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat kechki soat 22:57 da Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Yong‘in-qutqaruv  ekipajlari aytilgan manzilga soat 23:05 da yetib borib, yong‘in soat 23:07 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar