Kecha, 28 iyul kuni AQSHning Nyu-York shtatida qurollangan erkak odamlarga qarata o‘t ochdi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi, jumladan, politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Erkak M4 hujum miltig‘i bilan qurollangan bo‘lgan. U Manxetten shahridagi Milliy futbol ligasi va Blackstone investitsiya kompaniyasi ofislari joylashgan binoda odamlarga qarata o‘t ochgan.
Aniqlanishicha, hujum qilgan shaxs 27 yoshli Shane Devon Tamura bo‘lgan. U otishmadan so‘ng o‘ziga ham o‘q uzib, joniga qasd qilgan. Erkak ilgari ruhiy muammolari sababli ro‘yxatga olingan, biroq hodisaning sababi hozircha o‘rganilmoqda.
Otishmada halok bo‘lgan Nyu York politsiya boshqarmasi xodimi Didarul Islom ekanima’lum bo‘lgan. Rasmiylarning aytishicha, u AQSHga Bangladeshdan ko‘chib kelgan va rafiqasi hozirda homilador. Shahar meri Erik Adamsning ma’lumotiga ko‘ra, Islom 36 yoshda bo‘lgan va Nyu York politsiyasida 3,5 yildan buyon xizmat qilgan.