AsosiyDunyo

Germaniyada Zelenskiyning sobiq o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi

Bundan bir yil oldin mazkur shaxs Zelenskiy tomonidan ishdan olingan.

'Germaniyada Zelenskiyning sobiq o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi'ning rasmi

Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi (NABU) so‘roviga ko‘ra, Germaniya huquq-tartibot organlari prezident Vladimir Zelenskiy devoni sobiq rahbar o‘rinbosari Rostislav Shurmaga tegishli uyda tintuv o‘tkazdi. Bu haqda Germaniyaning nufuzli Spiegel nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 15 iyul kuni Bavyeriya federal yerida joylashgan Shtarnberg shahridagi Shurmaga tegishli xonadonda tintuv ishlari olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rostislav Shurma 2024-yil sentyabr oyida Volodimir Zelenskiy tomonidan lavozimidan ozod etilgan edi. Ukrainskaya pravda nashrining yozishicha, uning ishdan bo‘shatilishiga manfaatlar to‘qnashuvi hamda AQSH rasmiylarining bosimi sabab bo‘lgan.

Spiegel nashri Shurmaning ayni paytda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davom etayotgan bir vaqtda qanday qilib Germaniyaning Bavyeriya hududida yashayotganiga aniqlik kiritmagan.

41 yoshli ukrainalik siyosatchi nega aynan Shtarnbergni yashash uchun tanlagani hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar