AsosiyJamiyat

Andijonda o‘qituvchilar maktab ta’mirlashga jalb qilindi

Holat yuzasidan rasmiylar izoh berdi.

'Andijonda o‘qituvchilar maktab ta’mirlashga jalb qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayollar maktabda ta’mirlash ishlari bilan band ekani aks etgan videolar tarqaldi. Ular maktab xonalari va zallaridagi devor hamda shiftlarni tozalash va oqlash bilan shug‘ullanishgan.

Videolardan birining muallifi ular matematika, ingliz tili, rus tili, mehnat va boshqa fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar ekanini aytadi. Ular mehnat ta’tilida bo‘lganiga qaramay, maktabda "hashar"ga chaqirilgan.

Bu ayollar Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 42-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ekani ma’lum bo‘ldi. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur video yuzasidan munosabat bildirib, holat qat’iy nazoratga olingani hamda atrof-muhit o‘rganib chiqilayotganini ma’lum qildi.

"Aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunida pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanishi aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ularni biron-bir shaklda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan yuqoridagi holatga sababchi bo‘lgan mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rilishi ta’minlanadi", – deyiladi bayonotda.

Shuningdek, bitta maktabdagi holatni umumiy vaziyat sifatida baholamaslik so‘ralgan.

Holatga Andijon viloyati hokimligi ham munosabat bildirib, masala o‘qituvchilarning qadr-qimmati bilan bog‘liqligi sababli, mazkur holat viloyat hokimi tomonidan alohida nazoratga olingani ma’lum qilindi.

"Viloyat hokimligi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zudlik bilan ishchi guruh tuzilib, xolis va atrof-muhit o‘rganish ishlari boshlangan. Ushbu holat hozirda o‘rganishda bo‘lgani sabab, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, blogger hamda OAV vakillaridan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz", – deyiladi hokimlik xabarida.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etilishi va holatga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga qat’iy choralar ko‘rilishi qayd etilgan.

"Viloyat hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilarning asosiy vazifasi – ta’lim berish, tarbiyalash va kelajak avlodni shakllantirishdan iboratligi yuzasidan bildirilgan fikrlarni to‘la qo‘llab-quvvatlagan holda, o‘qituvchilarni ta’limdan tashqari ishlarga jalb qilishni mutlaqo noqonuniy hisoblanishini bildiradi", deyiladi hokimlik munosabatida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qirgʻizistonga oʻtuvchi yuk avtomobillari uchun navbatlar yuzaga kelishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 03.08.2025 16:43

    Qirgʻizistonga oʻtuvchi yuk avtomobillari uchun navbatlar yuzaga kelishi mumkin

    Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

    'Namangan va Sirdaryoda gaz va "svet"dan o‘g‘rincha foydalanganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 03.08.2025 12:55

    Namangan va Sirdaryoda gaz va "svet"dan o‘g‘rincha foydalanganlar ushlandi

    Uchqo‘rg‘ondagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan, Sayxunobod tumanidagi MChJ esa 1,6 mlrd so‘mlik elekt energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 03.08.2025 11:44

    'Toshkentda o‘tkazilgan “Mangal fest” festivalida bir nechta fuqarolar o‘zaro do‘pposlashdi.'ning rasmi

    Jamiyat 03.08.2025 09:28

    'Bugun ham havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi'ning rasmi

    Jamiyat 03.08.2025 08:06

    Bugun ham havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi

    3 avgust kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    '"Expo Osaka 2025": Oʻzbekiston paviloni yuqori mukofotga sazovor boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat 02.08.2025 20:21

    "Expo Osaka 2025": Oʻzbekiston paviloni yuqori mukofotga sazovor boʻldi

    Oʻzbekiston paviloni "Expo Osaka 2025 Kansai" xalqaro koʻrgazmasida "Koʻrgazma stendlari" nominatsiyasi boʻyicha "Red Dot Award: Brands & Communication Design" tanlovida "Red Dot: Best of the Best" mukofoti bilan taqdirlandi.