2025 yil 2-4 avgust kunlari ushbu davlat bilan chegarada joylashgan bojxona postlarida yuk avtotransport vositalarining qisqa muddatli navbatlari yuzaga kelishi mumkin.
Bu haqda Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirgʻiz Respublikasi bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish doirasida ushbu davlatdan tranzit tarzida harakatlanadigan yuk avtotransport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada tezlashtirishga xizmat qiluvchi yangi axborot tizimlarini toʻlaqonli joriy etmoqda.
Bu esa haydovchilarning bojxonadan oʻtish jarayonlarini soddalashtirish bilan bir qatorda bunga sarflanadigan vaqtni ham sezilarli darajada qisqartiradi.
Shu munosabat bilan Qirgʻiziston Respublikasining chegara oʻtkazish punktlarida hozirda dasturiy texnik taʼmirlash va profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
Shundan kelib chiqib, 2025 yil 2-4 avgust kunlari ushbu davlat bilan chegarada joylashgan bojxona postlarida yuk avtotransport vositalarining qisqa muddatli navbatlari yuzaga kelishi mumkin.