AsosiyDunyo

Rimda milliondan ortiq yoshlar ishtirokida ommaviy messa boʻlib oʻtdi

Papa Lev XIV urushdan aziyat chekayotganlarga hamdardlik bildirdi.

'Rimda milliondan ortiq yoshlar ishtirokida ommaviy messa boʻlib oʻtdi'ning rasmi

Vatikan tomonidan uyushtirilgan "Yoshlar yubileyi" doirasida dunyoning turli burchaklaridan Rimga kelgan milliondan ortiq katolik yoshlar ommaiviy ibodat – messada qatnashdi. Aksariyat ishtirokchilar tunni chodirlar, uyquxaltalar va gilamchalarda o‘tkazgan.

Papa Lev XIV yakshanba kunki messada: "Biz boshqalarning yovuzligidan eng ko‘p aziat chekayotgan yoshlarga har qachongidan yaqinmiz", — deydi.

U, shuningdek, "Biz G‘azo yoshlari bilan birmiz, Ukraina yoshlari bilan birmiz, yurtlari urushdan qon kechayotganlar bilan birmiz", — deya urushdan jabr ko‘rayotgan yosh avlodlarga hamdardlik izhor etdi.

    Boshqa yangiliklar