Germaniya kansleri Fridrix Merts Bild nashriga bergan intervyusida Gʻazo sektorida saqlanayotgan Isroil asirlari videosidan “shok holatiga tushganini” aytdi.
Mazkur video Hamas tomonidan eʼlon qilinib, unda 2023 yil 7 oktabr kuni garovga olingan Evyatar David va Rom Braslavski aks etgan. Ularning yaqinlariga koʻra, asirlar ogʻir ahvolda.
Fridrix Mertsning taʼkidlashicha, “Hamas garovdagilarni qiynamoqda, Isroilni qoʻrqitmoqda va oʻz xalqini tirik qalqon sifatida ishlatmoqda”. Germaniya bir vaqtning oʻzida Gʻazodagi ogʻir gumanitar ahvolni yengillatirishni ham talab qilmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi vakili Vadefulning aytishicha, Isroilning amaldagi blokadasi ocharchilik, tashnalik va oʻlimlarga sabab boʻlmoqda.