Toshkentning Yangihayot tumanida skuter yo‘lovchisi Lacetti va Isuzu bilan sodir bo‘lgan YTH da vafot etdi. Skuter yo‘lovchisi 19 yoshda bo‘lgan. Bu haqda YXXB xabar berdi.
Bildirilishicha, 2 avgust kuni 19:00 lar atrofida Poytaxtning Yangihayot tumanida 2 ta avtomashina to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi yuz bergan. 2006 yilda tug‘ilgan M.S. olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.