AsosiyDunyo

Armaniston "oltin ostona"dan keyingi iqtisodiy tushkunlikka yuz tutdi

Rossiya oltinining eksporti tugadi — byudjetda 500 million dollarlik teshik paydo bo‘ldi.

'Armaniston "oltin ostona"dan keyingi iqtisodiy tushkunlikka yuz tutdi'ning rasmi

2022–2023 yillarda Armaniston Rossiya oltinining Dubay, Gonkong va Xitoyga eksportidagi muhim tranzit nuqtaga aylanandi. Bu holat mamlakat iqtisodiyotida sun'iy o'sishni ta'minladi. Biroq 2024 yilga kelib, bu oqim keskin qisqardi.

Natijada davlat byudjeti 500 million dollar atrofida soliq yo'qotdi. Moliya vaziri Vage Ovanesyan buni 2023 yildagi nooddiy ko'rsatkichlar bilan bog'ladi.

Eksport bilan shug'ullanagan kompaniyalarga QQS qaytarilgani esa byudjet daromadlarini yanada qisqartirdi.

Ekspertlar fikricha, bu davrda kirgan mablag'lar ishlab chiqarishga emas, ko'proq poytaxtdagi qurilishlarga yo'naltirilgan.

Bu esa hududlar bilan Yerevan o'rtasidagi iqtisodiy tafovutni kuchaytirgan. Iqtisodchi Agasi Tavadaning aytishicha, Rossiya oltinining reeksporti Armaniston uchun yo'qotilgan imkoniyat bo'lib qoldi.

    Boshqa yangiliklar