AsosiyJinoyat

Oʻzbekiston aholisi qariyb 38 millionga yetdi

Nikohlar koʻpaydi, lekin ajralish soni ham kam emas.

'Oʻzbekiston aholisi qariyb 38 millionga yetdi'ning rasmi

2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 37,9 million nafarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

— Shundan 18,8 millionini ayollar, 19,1 millionini esa erkaklar tashkil qiladi.

— Shahar aholisi – 19,3 mln kishi,

— Qishloqda yashovchilar – 18,6 mln nafar.

Shu vaqt ichida respublikada 95,3 mingta nikoh qayd etilgan. Ammo, afsuski, 23,3 ming oila rasman ajrashgan.

Migratsiya bo‘yicha:

— O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni 0,7 ming kishi,

— Mamlakatni tark etganlar esa 5,6 ming nafarni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar