AsosiyJamiyat

Ruhiy kasalliklar shifoxonasiga Ombudsman aralashgach 1,67 mlrd so‘m ajratildi

Ombudsman tavsiyasidan so‘ng Respublika kuzatuv kuchaytirilgan shifoxonasidagi sharoitlarni yaxshilash uchun davlat byudjetidan katta mablag‘ ajratildi.

'Ruhiy kasalliklar shifoxonasiga Ombudsman aralashgach 1,67 mlrd so‘m ajratildi'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan 2024-yilda Toshkentdagi Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida o‘tkazilgan monitoring davomida qator kamchiliklar aniqlangan edi.

Shundan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligiga rasmiy taqdimnoma kiritilib, muassasadagi holatni yaxshilash choralarini ko‘rish so‘raldi.

Vazirlik taqdimnomaga javoban shifoxona uchun maxsus nazorat rejasi ishlab chiqdi hamda kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etishni va’da qildi.

Shu bilan birga, shifoxona ehtiyojlari uchun davlat byudjetidan 1 milliard 670 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

Yaqinda Ombudsmanning Toshkent shahridagi vakili tomonidan shifoxonaga qayta monitoring o‘tkazildi.

Unda ayrim kamchiliklar bartaraf etilgani, lekin ba’zilarining ustida ishlash davom etayotgani qayd etildi. Ombudsman ofisi monitoring natijalarini doimiy nazoratda ushlab turishini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar