AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda ota rekord darajada aliment to‘laydi

Nukus shahrida erkak 1 nafar farzandi 2,2 mlrd so‘m aliment pulini to‘liq miqdorda oldindan to‘lab berdi.

'O‘zbekistonda ota rekord darajada aliment to‘laydi'ning rasmi

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida erkak 1 nafar farzandi uchun aliment pulini to‘liq miqdorda oldindan to‘lab berdi. Bu haqda Nukus shahar MIB xabar berdi.

Unga ko‘ra, erkak  farzandi 18 yoshgacha to‘lgunga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lash istagini bildirgan.

Qarzdorga Vazirlar Mahkamasining 808-son qaroriga muvofiq farzandi voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lashi mumkinligi tushuntirilgan va kelgusi 13 yil davomida to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullari hisoblab chiqilgan. Qayd qilinishicha u 2 milliard 270 million 812 ming so‘mni tashkil etgan.

Shundan keyin aliment undiruvchi ayol MIB Nukus shahar bo‘limiga kelib, hisoblab chiqilgan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni sobiq turmush o‘rtog‘idan olganini tasdiqlagan.

 Ma’lumot uchun, bu qiymat MIB tarixida hozircha eng yirik miqdordagi to‘lov bo‘lib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar