Norvegiya hukumatining bergan maʼlumotiga koʻra, NATO tashabbusi doirasida Ukrainaga AQShda ishlab chiqarilgan qurol yetkazib berish uchun Skandinaviya davlatlari — Shvetsiya, Norvegiya va Daniya — jami 420 million yevro ajratadi.
“Associated Press” yozishicha, NATO endilikda Ukrainaga har oy yirik qurol partiyalarini muntazam yetkazib berishni muvofiqlashtirmoqda. Iyul oyida shunday ikki taʼminot paketi etib borishi kutilmoqda.
Kiel Jahon iqtisodiyoti instituti hisob-kitoblariga koʻra, Rossiyaning keng koʻlamli tajovuzi boshlanganidan buyon Yevropa davlatlari Ukrainaga 72 milliard yevro, AQSh esa 65 milliard dollar miqdorida harbiy yordam koʻrsatgan.