AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda avtosistrena yonib ketdi

Yong‘in oqibatida bir kishi jarohatlangan.

'Qashqadaryoda avtosistrena yonib ketdi'ning rasmi

Kecha, 5 avgust kuni soat 22:20 da Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yoqilgʻi quyish paytida avtosistarna chaqnadi. Natijada yongʻin kelib chiqdi.

Maʼlum boʻlishicha, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 22:22 da voqea joyiga etib borgan va yongʻinni 22:50 da toʻliq oʻchirgan.

Hodisa oqibatida 1 avtosistarna va 10 kub metrlik propan saqlash rezervuari zararlangan. Sisterna haydovchisi yengil kuysh tan jarohati olgan.

Hozirda hodisaning sabablari oʻrganilmoqda. Viloyat va tuman FVB rahbarlari voqea joyiga etib borgan.

    Boshqa yangiliklar