AsosiyJamiyat

Sirdaryoda teatr alanga ichida qoldi

Yong‘inni bartaraf etish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilingan.

'Sirdaryoda teatr alanga ichida qoldi'ning rasmi

Kecha, 5 avgust kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 18:06 da Guliston shahri “Shodlik” MFY O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan obektlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va yong‘in soat 18:12 da qurshab olinib, 19:00 atrofida bartaraf etilgan.

Hozircha yong‘in oqibatida jarohat olganlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot mavjud emas.

    Boshqa yangiliklar