AsosiyJamiyat

Bo'kada 2 nafar yigit IIB xodimini pichoqladi

Viloyat bo‘yicha barcha YPH xodimlari ogohlantirilib, kameralar orqali olib qochilgan mashinaning yo‘nalishi aniqlanmoqda.

'Bo'kada 2 nafar yigit IIB xodimini pichoqladi'ning rasmi

Holat 2025 yil 2 avgust kuni sodir boʻlgan. Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida yashovchi 2007 yilda tugʻilgan 2 nafar bola Namangan viloyatiga ketish maqsadida Samarqand shahridan yoʻlovchi sifatida fuqaro A.N. boshqaruvidagi Cobalt mashinasiga minishgan. Sirdaryo viloyati hududida haydovchi hojatxonaga kirib ketganida ular mashinani olib qochishgan.

Toʻsib ushlash rejasi harakatga keltirilgach, ularni Boʻka tumani hududida IIB xodimi toʻxtatishga uringan. Ammo ular xodimni pichoqlab, Cobaltni qoldirgan holda uning Matiz mashinasini haydab ketishgan.

Viloyat hududidagi barcha YPH inspektorlari, YPH maskanlari va blok-postlar ogohlantirilib, mavjud kameralardan olib qochilgan mashinaning harakat yoʻnalishini aniklash boyicha ishlar olib borilgan.

Shundan soʻng, gumonlanuvchilar Toshkent viloyati Ohangaron tumanida harakatlanib ketayotganida ularga YPH inspektori X.D. toʻxtash ishorasini bergan. Biroq ular inspektorning bu talabiga boʻysunmay, uni mashinada urib yuborib, yoʻlda davom etishgan. Inspektor esa oyogʻidan jarohatlanib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida gumonlanuvchi shaxslar Ohangaron shahri hududida ushlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Poytaxtda mast erkaklar inspektorlarni dupposladimi?'ning rasmi

    Jamiyat 06.08.2025 21:34

    Poytaxtda mast erkaklar inspektorlarni dupposladimi?

    Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 06.08.2025 19:30

    'Captiva boshqarayotgan 7-sinf o‘quvchisi ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 06.08.2025 19:30

    Captiva boshqarayotgan 7-sinf o‘quvchisi ushlandi

    Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan reydda haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqargan maktab o‘quvchisi qo‘lga tushdi.

    'Endi PPX pulli xizmat koʻrsatadi'ning rasmi

    Jamiyat 06.08.2025 18:34

    Endi PPX pulli xizmat koʻrsatadi

    Yuridik shaxslar xizmatdan foydalanish uchun YAIDXP va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

    'Latviyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 06.08.2025 16:22

    Latviyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

    Angrenada 3 nafar fuqaroni aldagan shaxs dastlabki pulni olgan paytda ushlandi.

    'Toshkent viloyatida 2 nafar talaba qizlar suv omboriga cho‘kib o‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 06.08.2025 15:45

    Toshkent viloyatida 2 nafar talaba qizlar suv omboriga cho‘kib o‘ldi

    Ulardan birining murdasi o‘sha kuni, yana birinikisi esa oradan bir kun o‘tib topilgan.