AsosiyJamiyat

Poytaxtda mast erkaklar inspektorlarni dupposladimi?

Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

'Poytaxtda mast erkaklar inspektorlarni dupposladimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida fuqaro ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Joriy yilning 5 avgust kuni, taxminan soat 21:30 larda Yunusobod tumanining Chinobod ko‘chasida ikkai mast fuqaro jamoat tartibini hamda fuqarolarning osoyishtaligini buzgan. Ularning qoidabuzarligi haqida maxsus xizmatlarga xabar kelib tushgan. Shu hududda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori va PPX xodimi zudlik bilan hodisa joyiga etib borib, ushbu shaxslarni to‘xtatishga harakat qilgan.

Biroq fuqarolar xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatib, hodisa joyidan qochishga uringan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida fuqarolar profilaktika inspektori va PPX xodimi tomonidan ushlanib, hududiy IIBga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183, 194 va 195-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar