AQSh Adliya vazirligining ta’kidlashicha, 325 million dollarga baholangan "Amadea" yaxtasi 2017 yilda qurilgan bo‘lib, u 16 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Ekipaj 36 kishidan iborat.
Yaxta 2022 yilda AQShning Nyu-York janubiy okrugi sudi qarori bilan musodara qilingan. Uni ushlab turish va parvarishlash ishlari uchun allaqachon AQSh byudjetidan 32 million dollar sarflangani aytilmoqda.
Bu — Rossiya-Ukraina urushi ortidan qo‘yilgan sanksiyalar doirasida auktsionga chiqarilgan ilk konfiskatsiya qilingan yaxta hisoblanadi. Auktsion yopiq tarzda o‘tadi va mutaxassislar final narx dastlabki bahodan ancha past bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.