Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Urganch va Qamashi tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi.
Urganchda xususiy dorixona sotuvchisi S.Y. 44 dona ampula "Omnadren 250"ni shifokor retseptisiz 2,4 mln so‘mga sotgan paytda ushlangan. Qamashida esa fuqaro Sh.Q. 50 dona "Omnadren"ni boshqa bir shaxsga 2,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksi asosida jinoyat ishlari ko‘zgatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.