Yevroittifoq Gruziya hukumatini mustaqil OAV va NNTlar faoliyatini cheklovchi qonunlardan voz kechishga, shuningdek, LGBT hamjamiyati huquqlarini himoya qilishga chaqirmoqda.
Aks holda, fuqarolar uchun vizasiz kirish huquqi to‘xtatilishi mumkin. Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bunga javoban Yevroittifoqni shantajda aybladi.
Ayrim ekspertlar esa hukumat ataylab "bezviz"ni yo‘qqa chiqarishga urinayotganini, shunda aholiga Yevropa "yaxshi emas" degan tasavvurni singdirishni maqsad qilganini aytmoqda.
Huquq himoyachilari so‘zlariga ko‘ra, vizasiz rejim orqali ko‘pchilik Yevropaga, ayniqsa Germaniya va Polshaga borib mavsumiy ishlar orqali pul topmoqda. Ular uchun uzoq muddatli viza olish deyarli imkonsiz.