Trumpning aytishicha, yangi bojlar "ko‘p yillar davomida AQShni ekspluatatsiya qilgan" davlatlarga nisbatan adolatli choradir.
Shu tariqa, endilikda Evropadan milliardlab dollarlik bojxona tushumlari AQSh byudjetiga yo‘naltiriladi. Avvalroq 30 foizlik bojlar muhokama qilingan bo‘lsa-da, ular 15 foiz etib belgilandi, biroq po‘lat va alyuminiy uchun bu ko‘rsatkich 50 foiz bo‘lib qolmoqda.
Evroittifoq esa javob choralarini hozircha to‘xtatib turibdi. Ular orasida 93 milliard yevroga teng javobiy bojlar, AQShga 600 milliard dollar sarmoya kiritish va 750 milliard dollarlik energetika mahsulotlari xarid qilish bor.
Shuningdek, Europa Ittifoqi AQSh avtomobillariga nisbatan bojlarni bekor qilishga tayyor.