Xitoy hukumatı hasharotlarga qarshi kurashish uchun dorilar sepmoqda va dronlarni ishga solmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Eng koʻp kasallanish holatlari Foshan shahrida qayd etilgan. Bu Xitoy tarixidagi eng keng koʻlamli chikungunya tarqalishi sifatida baholanmoqda. Kasallik isitma va boʻgʻimlardagi ogʻriq bilan birga namoyon boʻladi.
"Eʼtiborli jihati shundaki, chikungunya Xitoyning materik qismida ilgari hech qachon qayd etilmagan edi. Bu aholining aksariyatida oldindan immunitet yoʻqligini koʻrsatadi, bu esa virusning tez tarqalishiga imkon beradi", - deydi Oksford universiteti olimi.
Kuchli yogʻingarchilik va yuqori harorat Xitoydagi vaziyatni yanada murakkablashitrdi. Rasmiylar dronlardan foydalanib, chivinlar tuxum qoʻyadigan turʻun suvlarni aniqlashga harakat qilmoqda. Rasmiylar tashqaridagi suv idishlarini boʻshatmagan odamlarni jarimaga tortish bilan ogohlantirgan. Aholi 10 ming yuan (1,4 ming dollar) gacha jarimaga tortilishi va elektr taʼminotidan uzilishi mumkin.
Aholi chivinlardan himoyalanish uchun toʻr va boshqa vositalardan foydalanmoqda. Virusga chalingan bemorlar kamida bir hafta shifoxonada qolmoqda.
Avvaliga virus sababli ikki haftalik uy karantini joriy etilgan edi, biroq keyinchalik u kasallik odamdan-odamga yuqmasligi sabab bekor qilingan.