AsosiyDunyo

Trump va Putinning uchrashuv joyi va vaqti maʼlum boʻldi

AQSh va Rossiya yetakchilari 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishi kutilmoqda.

'Trump va Putinning uchrashuv joyi va vaqti maʼlum boʻldi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishni rejalashtirganini ma’lum qildi. 

“Men, Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uzoq kutib olingan uchrashuv 2025-yil 15-avgust, juma kuni buyuk Alyaska shtatida bo‘lib o‘tadi. Qo‘shimcha tafsilotlar keyinroq ma’lum qilinadi”, deb yozdi Oq uy rahbari.

Ushbu uchrashuvni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov tasdiqlagan va Alyaskadagi Rossiya—AQSh sammitiga tayyorgarlik oson kechmasligini bildirgan. 

“Shubhasiz, yaqin kunlarda Moskva va Vashington Alyaskadagi oliy darajadagi uchrashuvning amaliy va siyosiy jihatlarini juda faol va qizg‘in tarzda ishlab chiqishga kirishadi”, dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv joyi ikki davlatning geografik yaqinligi tufayli tanlangan.

“Rossiya va AQSh yaqin qo‘shnilar, bir-biri bilan chegaradosh. Bizning delegatsiyamiz shunchaki Bering bo‘g‘ozidan uchib o‘tishi va ikki davlat rahbarlarining bunday muhim va kutib olingan sammiti aynan Alyaskada o‘tkazilishi mantiqan to‘g‘ri ko‘rinadi”, dedi Ushakov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Turkiyada afg‘onistonlik erkak sobiq xotinini to‘rt farzandining ko‘z o‘ngida bog‘ib o‘ldirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:11

    Turkiyada afg‘onistonlik erkak sobiq xotinini to‘rt farzandining ko‘z o‘ngida bog‘ib o‘ldirdi

    Voqea guvohi bo‘lgan bolalar politsiya himoyasiga olingan va xavfsiz joyga joylashtirilgan.

    'Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:28

    Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi

    Tinchlik kelishuvi AQSh vositasichiligida Oq uy qarorgohida imzolandi.

    'Xitoyda kuchli yomg‘ir ortidan 10 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.08.2025 18:20

    Xitoyda kuchli yomg‘ir ortidan 10 kishi halok bo‘ldi

    Holat ortidan 30 dan ortig‘i fuqaro bedarak yo‘qolgan.

    'Ukrainada fuqaro erkaklarni safarbarlikdan olib qochish uchun mikroavtobusni tez yordam mashinasiga aylantirdi'ning rasmi

    Dunyo 08.08.2025 18:12

    Ukrainada fuqaro erkaklarni safarbarlikdan olib qochish uchun mikroavtobusni tez yordam mashinasiga aylantirdi

    Blockpostlardan o‘tish uchun fuqaro miltillovchi mayoqlardan foydalangan.

    'Rossiyada og‘ir ahvolda bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik mamlakaga qaytarildi'ning rasmi

    Dunyo 08.08.2025 17:31

    Rossiyada og‘ir ahvolda bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik mamlakaga qaytarildi

    Bosh konsulxona tomonidan fuqarolarga O‘zbekistonga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirilgan hamda ular 4 avgust kuni mamlakarga qaytarilgan.

    'Samarqandda 923 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanganlik fosh etildi'ning rasmi

    Dunyo 08.08.2025 17:05

    Samarqandda 923 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanganlik fosh etildi

    Ko‘p qavatli uyning qurilishi vaqtida 14 xonadon noqonuniy tarzda gaz tarmog‘iga ulangan.